14:06 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Uzbekskiye stariki

Olimlar organizm nima sababdan qarishga qarshi kurashni toʻxtatishini aniqlashdi

© Flickr / Fulvio Spada
Jamiyat
Havola olish
1767 0 0

Olimlar turli yoshdagi odamlarda qarishga qarshi masʼul boʻlgan gen toʻqimalari namunalarini oʻrganib chiqib, oʻz xulosalarni bayon qilishdi.

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Mayami universiteti olimlari (AQSH) insonning uzoq umr koʻrishiga taʼsir koʻrsatadigan genetik dasturlar oʻrta yoshdan uzoq ishlamasligini aniqlashdi, deya yozadi EurekAlert!

Mutaxassislar turli yoshdagi odamlarda qarishga qarshi masʼul boʻlgan gen toʻqimalari namunalarini oʻrganib chiqib, 50-60 yoshga kelib insonning qarishga qarshi tizimlari oʻz faoliyatini toʻxtatishlarini aniqlashdi.

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, bu “sut emizuvchilar rampitsin nishoni” deb ataluvchi oqsil muammosiga bogʻliqdir. U hujayralar oʻsishi va boʻlinishiga, shuningdek, boshqa muhim hujayra jarayonlariga taʼsir koʻrsatadi.  

Olimlarning maʼlum qilishicha, odamlarda qarish dasturlarini tartibga solish boshqa jonzotlarga qaraganda yuqoriroq.

Evolyutsiya jarayonida inson organizmi uzoq umr koʻrishni oʻrgandi. Endi odamlar tabiat tomonidan inʼom etilgandan koʻra koʻproq umr koʻrishmoqda.

Asosiy mavzular