02:11 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Urok kitayskogo yazыka

Olis hududlarga borib dars berayotgan oʻqituvchilar maoshi 50%gacha oshirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Jamiyat
Havola olish
358 0 0

Yangi qonun: Olis hududlarga borib dars berayotgan oʻqituvchilar maoshi ish stajiga qarab 10%dan 50%gacha oshirildi.

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Yangi oʻquv yilidan boshlab Olis hududlarga borib dars berayotgan oʻqituvchilar maoshi 10%dan 50%gacha oshirildi. Bu haqida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 7 iyun kuni imzolangan 471-sonli qarorida aytib oʻtilgan.

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadi”, - deyilgan qaror matnidan.  

Ustamalar miqdori ushbu qarorning 2 – ilovasida keltirib oʻtilgan va ular bevosita pedagogning olis maktabda orttirgan ish stajiga bogʻliq:  

6 oydan – 3 yilgacha  –  10% ustama

3 yildan – 5 yilgacha – 20 %

5 yildan – 10 yilgacha – 30 %

10 yildan – 15 yilgacha – 40 %

15 yildan ortiq – 50 % miqdorida ustamalar belgilandi.

Qarorning birinchi ilovasida ushbu qaror amal qiladigan barcha tuman va shaharlar roʻyxati ham kelitirib oʻtilgan.  

Asosiy mavzular