12:34 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Mashina taksi

Toshkent aeroporti hududida litsenziyasiz ishlagan taksichilarga chora koʻrildi

© Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
251 0 0

Litsenziyasiz taksichilarning 42 ta avtoulovi jarima maydoniga joylashtirildi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. IIBB Toshkent xalqaro aeroportidan chiqishda oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan va buning uchun amaldagidan uch baravar oshiq narx belgilagan noqonuniy taksichilar bilan bogʻliq vaziyatni oʻz nazoratiga oldi.

IIBB xabarida aytilishicha, soliq idoralari hamda Avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan hamkorlikda aeroport hududida litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilari aniqlanmoqda. 17 maydan 1 iyungacha boʻlgan muddat ichida 50 nafar ana shunday taksi haydovchisi aniqlandi.

Ularning 24 nafari Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi. Qolgan 26 nafar taksichi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi. 42 ta avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi.

Biroq, ayrim maʼlumotlarga qaraganda, noqonuniy taksichilar huquq-tartibot idoralarini aldashning turli usullarini oʻylab topmoqda. Masalan, doʻsti yo qarindoshini kutayotganini aytishi yoki aeroportdan chiqishga oʻziga qarashli odamni yuborib, mashinasida chekkada poylab turishi mumkin.

IIBB yoʻlovchilardan Toshkent aeroportiga uchib kelganda oʻz xizmatlarini tiqishtirayotgan taksichilar haqida xabar berish, imkon boʻlsa, ularni suratga tushirishni soʻragan.

Asosiy mavzular