23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Chernika

Eng foydali nonushtalar roʻyxati

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
132010

“Sogʻlom ovqatlanish” milliy tadqiqot markazi mutaxassislari sogʻlom nonushta boʻyicha tavsiyalarni taqdim etishdi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. “Sogʻlom ovqatlanish” milliy tadqiqot markazi eng foydali nonushtalar top-3 roʻyxatini tuzdi.

Top-3da birinchi oʻrinni suli boʻtqasi egalladi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, suli tarkibida beta-glyukan moddasi juda koʻp. Bu uzoq vaqt toʻyinganlik hissini ushlab turishga yordam beradi.

Taʼkidlanishicha, suli butqasini suvda, shakarsiz va kam ishlov berilgan yormadan tayyorlash kerak. Suliga oʻsimlik yogʻlarini qoʻshishga ruxsat beriladi.

Ekspertlar turli yormalardan tayyorlangan yoki ular aralashmasidan butqalar pishirish tavsiya qiladi. Shu oʻrinda manniy va bugʻdoy yormasi chiqarib tashlash yaxshiroq, ularda glikemik indeks juda yuqori boʻladi. Shuningdek, nonushtaga paketga solingan tayyor boʻtqalar toʻgʻri kelmaydi.

Reytingning ikkinchi oʻrinda mevali salatlar joy oldi. Olimlarning fikriga koʻra, mevalar kerakli vaznni saqlash va organizmni zarur vitaminlar bilan taʼminlashga yordam beradi.

Nonushtaga eng yaxshisi nok va olma isteʼmol qilish kerak, ertalabdan uzum, banan va qovun yeyishni maslahat bermaydi.  

Oqsil moddasiga boy boʻlgan nonushtalar ham organizmga foydali hisoblanadi. Xususan, olimlar ertalab tuxum va baliqdan tayyorlangan taomlarni maslahat beradi. Taomga dukkakli mahsulotlarni ham qoʻshish mumkin.

Asosiy mavzular