15:02 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pervoklassniki na kompyuternыx zanyatiyax

Koreyaliklar 33 mln $ kredit evaziga Oʻzbekiston maktablariga kompyuter oʻrnatib beradi

© Sputnik / Igor Zarembo
Jamiyat
Havola olish
71 0 0

Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari sinflariga jami 2859 ta oʻquv-kompyuter yetkazib, oʻrnatib beradi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Janubiy Koreyaning Korea Telecom (KT) kompaniyasi Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi bilan oʻquv-kompyuter sinflarini tashkil etish boʻyicha shartnomani imzoladi.

Janubiy Koreyaning KT kompaniyasi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi boʻyicha oʻtkazilgan tenderda gʻolib boʻldi. Loyiha Koreya Respublikasining Eksport-import banki (Eksimbank) ajratgan $33 mln. kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

“Loyiha doirasida KT kompaniyasi 2766 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari sinflariga jami 2859 ta oʻquv-kompyuter yetkazib, oʻrnatib beradi. 2019 yil oxiriga qadar oʻquv-kompyuterlar 700 ga yaqin maktablarga yetkazib berilishi kutilmoqda”, - deyiladi XTV xabarida.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya Oʻzbekistonning ishonchli hamkorlaridan biri ekanligini, shuningdek, loyiha birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini aytib oʻtgan.

Mazkur loyiha maktab oʻquvchilarining kompyuter savodxonligini oshirishga yordam berishini hamda Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish mamlakat uchun ustuvor yoʻnalishlardan biridir, deya taʼkidladi vazir.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Asosiy mavzular