00:05 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Molodaya para delayet selfi

Selfi terining erta qarishiga sabab boʻladi – olimlar

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
315 0 0

Amerika kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi oʻrtasida aloqa borligini aniqlashdi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Amerika  kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi oʻrtasida aloqa borligini aniqlashdi. Bu haqda The Sun nashri maʼlum qildi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, selfi olayotgan vaqtda smartfondan taralayotgan “koʻk” nurlanish terining qatlamiga chuqur tarqalishga qodir va bu inson terisiga yomon taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi. Ushbu nurlanish terini ingichkalashtirib, erta qarishiga olib keladi.

Mutaxassislar terining qarish jarayonini sekinlashtirish uchun smartfondan foydalanish vaqtini qisqartirish, shuningdek, S vitaminga ega boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilishni tavsiya qilishadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq eng foydali nonushtalar roʻyxati eʼlon qilingan edi. Roʻyxatning birinchi oʻrinini suli boʻtqasi egalladi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, suli tarkibida beta-glyukan moddasi juda koʻp. Bu uzoq vaqt toʻyinganlik hissini ushlab turishga yordam beradi.

Asosiy mavzular