23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Kelgusida ish haftasi toʻrt kun boʻlishi mumkin – Medvedev

© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Jamiyat
Havola olish
780 0 0

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev toʻrt kunlik ish haftasi istiqbollari haqida soʻzladi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Xalqaro mehnat konferentsiyasida nutq soʻzladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ish haftasi toʻrt kun boʻlishi mumkin.

“Texnologik jarayon nafaqat ish oʻrinlarni, balki ish vaqtini ham qisqartirilishiga olib kelmoqda. Hordiq uchun vaqt koʻpayishiga olib kelmoqda. Ehtimol, kelajakda toʻrt kunlik ish haftasi ijtimoiy-mehnat shartnomasining asosi boʻladi”, - dedi Medvedev.

Bosh vazir, yuz yil avval Genri Ford ish haftasini 48 soatdan 40 soatga qisqartirishga qaror qilgani va bu mehnat unumdorligining sezilarli darajada koʻpayishiga olib kelganini eslatdi.

Medvedev yana bir yangi misolni keltirdi: Yangi Zelandiyada kompaniya oʻz xodimlari uchun toʻrt kunlik ish hafta va uch kun toʻlanadigan dam olish kunlari tartibini joriy etdi. Natijada ishlab chiqarish samaradorligi bir soat vaqtga hisoblanganda 20 foizga koʻpaydi, xodimlarning stress darajasi ancha kamaydi.

Bosh vazirning oʻrinbosari Tatyana Golikova konferentsiya jurnalistlarga bu masala boʻyicha izoh berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, toʻrt kunlik ish haftasiga oʻtish mehnat qonunchiligida jiddiy oʻzgartirish kiritish talab qiladi. Shuningdek, ijtimoiy kafolat masalasini tahlil qilish kerak.

Asosiy mavzular