23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Qaysini yelini kattaroq: Oʻzbekistonda chet el gʻunajinlari "Masha"larni siqib chiqarishi mumkin

© AFP 2018 / Philippe Lopez
Jamiyat
Havola olish
268001

Kudbiyevga koʻra, bu ijobiy natija beradigan jarayon. Aks holda chorvachilik bilan shugʻullanishga bel bogʻlagan tadbirkorlar biznesga tikkan pullarini chiqarib ololmasliklari mumkin.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik.  Oʻzbekistonda xashaki "Masha" qoramollari oʻrnini chet eldan, xususan, Yevropadan keltiriladigan zotli "shvits" va "semintallar" egallashi mumkin. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Bu haqda jurnalistlar bilan suhbatda Oʻzbekiston Mehnat va bandlik vazirligi rahbari Sherzod Kudbiyev maʼlum qildi.

"Oʻzbekistonda imtiyozli kredit asosida berilayotgan chorva mollari - bu sersut, sergoʻsht naslli mollardir", - dedi vazir va barchaga "chet ellik" sigirlarni olib, tadbirkorlik qilishni tavsiya etishini aytdi.

U solishtirish uchun raqamlarni ham keltirib oʻtdi. Vazirga koʻra, shvits va simmental sigirlari kuniga 15 litrdan sut beradi. Bu esa "Masha"lar beradigan sutdan besh baravar koʻp. "Oʻzbekistonda mollar naslini almashtirish vaqti keldi", - deya qoʻshimcha qildi vazir.

Kudbiyevga koʻra, bu ijobiy natija beradigan jarayon. Aks holda chorvachilik bilan shugʻullanishga bel bogʻlagan tadbirkorlar biznesga tikkan pullarini chiqarib ololmasliklari mumkin.

Asosiy mavzular