O‘zbekistonliklar Kseniya Sobchakning qisqa videosi uchun xafa bo‘lishdi

© InstagramUzbekistansi obidelis na "korotkometrejku" Ksenii Sobchak
Uzbekistansi obidelis na korotkometrejku Ksenii Sobchak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kseniya Sobchakning videosini tanqid qilishmoqda.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak yana O‘zbekistonni esga oldi. Bu safar teleboshlovchi Instagram o‘z sahifasida qiska video rolikni joylashtirdi. Videoni “olomon ichidagi yolg‘izlik” deb nomladi.

Videoda Kseniya Sobchak milliy libosdagi o‘zbek ayollari o‘tib ketayotgan joyda turgani aks etgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kseniya Sobchak (@xenia_sobchak)

Ushbu video ostida ko‘plab o‘zbekistonliklar teleboshlovchini tanqid qilishdi.

“Sizning harakatlaringiz meni juda xafa qildi, xuddi qandaydir mahluqni ko‘rgandek, yoki chakalakzorga tushib qolgandeksiz. U yerda (O‘zbekistonda tahr.) hech qanday qo‘rqinchli narsa yo‘q, u yerda oddiy, kamtarin odamlar. Siz aqlli va yuqori salohiyatli insonga bunday tutish ahmoqlik deb bilaman. Nega Siz o‘zizni Afrikada bunday tutmadingiz?! Siz tomoningizdan bu ahmoqona chiqdi!!!”, - deb yozdi mushtariy.

Ko‘plab mushtariylar o‘zbekistonliklarni mehmondo‘stligini ko‘rsatib o‘tishdi.

“Ular olomon emas, ular hatto senga ahamiyat berishmayapti”, - deb yozdi boshqa foydalanuvchi.

“Aksincha, har tomonlama “olomonda yolg‘izlik” emas, balki barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “turli olam”...”, - deb izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kseniya Sobchak O‘zbekistonga tashrif buyurgandan so‘ng, Instagram sahifasida O‘zbekiston haqida taassurotlarni yozib, foto-suratlarni joylashtirishni boshladi.

Sobchak oxirgi postida bu mamlakat haqida samimiy his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekistonni “Sharq ertagi” deb atab, mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Teleboshlovchi unda “yangi hayot” boshlangani e’lon qildi.

Kseniya Sobchak Samarqandda bo‘ldi. Tashrif haqida ko‘plab foto-suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Yangiliklar lentasi
0