03:31 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta

Ichki ishlar organlari uchun kadrlarni tayyorlashga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Press-slujba GUVD Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
29510

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻquvchilarini ikki yillik oʻquv dasturi boʻyicha tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. “Ichki ishlar organlari uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari  oʻquvchilarini ikki yillik oʻquv dasturi boʻyicha tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

“Akademik litseylar faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

birinchidan – oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻquv rejasi, dastur va oʻquv-metodik materiallarni yanada takomillashtirish;

ikkinchidan – oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish (“case-stady”), huquqiy hujjatlarni tuzishga yoʻnaltirilgan huquqiy bilimlarni shakllantirish;

uchinchidan – oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va taʼlim resurslarini muntazam yangilab borish;

toʻrtinchidan – ichki ishlar organlari uchun malakali, yuqori kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan kadrlarni maqsadli tayyorlashga zamin yaratish”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjat loyihasidada yozilishicha, akademik litseylarga 2017/2018 oʻquv yiliga qadar (ushbu oʻquv yili qoʻshilgan holda) oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni oʻzlari taʼlim olayotgan akademik litseylarida amaldagi oʻquv dasturlariga muvofiq belgilangan tartibda tugatadi va diplom oladi.

Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom bilan birgalikda ijtimoiy-gumanitar taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklari boʻyicha davlat namunasidagi serifikat beriladi.

“akademik litseylar bitiruvchilari yashash joyi boʻyicha profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimiga hamda ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibiga birinchi navbatda  qabul qilinadi”, - deb yozilgan qaror loyihasida.

Qayd etilishicha, IIV akademik litseylar oʻrtasida oʻtkazilgan fan olimpiadasi va sport musobaqa (spartakiada)larining gʻoliblariga murabbiylik qilgan oʻqituvchi va xodimlariga byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maoshi (pul taʼminoti)ning 200 foizigacha miqdorda ragʻbatlantirish uchun bir martali mukofot berish huquqiga ega.

Asosiy mavzular