00:31 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Demontaj reklamы

Reklama toʻgʻrisidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Jamiyat
Havola olish
71 0 0

Qonun loyihasida dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qoʻshimchalari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, kalyan va elektron sigaretlar reklamasi tartibi alohida koʻrsatib oʻtilgan.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik.Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tayorlandi.

Qonunning maqsadi reklamani tayyorlash, tarqatish va joylashtirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunda reklama boʻlgan mualliflik huquqi yozilgan.

“Reklama toʻliq yoki qisman mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga ega boʻlishi mumkin.

Reklamaga boʻlgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Qonun loyihasida aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududida reklama Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va (yoki) reklama beruvchining xohishiga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda tarqatiladi.

Ushbu talab faqat xorijiy tillarda joylashtiriladigan radio, televideniye, bosma nashr va internetga, shu jumladan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan tovar belgilari (xizmat koʻrsatish belgilari), bosma usulda terilgan boʻgʻinli belgilar (logotiplar)ga tadbiq etilmaydi.

Reklama matnining tarjimasi uning asosiy mazmuniga muvofiq boʻlishi lozim.

Qonuning 21-moddasida televideniye va radiodagi reklama tartibi bayon etilgan.

Tele-, radio-, video-, kinoxronik koʻrsatuv dasturlari (jumladan, teleradio doʻkoni reklamalari kabi)da tarqatiladigan reklamaning umumiy davomiyligi, reklamali (jumladan, homiylik qilingan reklama) televizion va radio dasturlarni uzilishi bir soat ichida efir vaqtining 15 foizdan oshmasligi kerak. Bu talab koʻrsatuvning (eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.

Tele-, video-, kinoxronik dasturlarda reklama (jumladan, homiylik reklamasi) uchun uzilishi har 15 (oʻn besh) daqiqadan keyin amalga oshirilib, bunda umumiy reklamaning davomiyligi tele-, video-, kinoxronik dasturlarining har bir reklama blokida 4 daqiqadan oshmasligi kerak.

10 minutdan kam davom etadigan telekoʻrsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan telekoʻrsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu telekoʻrsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.

Reklamani bitta reklama birligida takrorlash taqiqlanadi. Ushbu taqiq turli videolarga ega boʻlgan mahsulot reklamasiga taalluqli yemas.

Qonun loyihasida dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qoʻshimchalari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, ragʻbatlantiruvchi tadbirlarni oʻtkazish, energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki, tamaki mahsulotlari, kalyan va elektron sigaretlar, pirotexnik vositalar, qurol-yarogʻ va harbiy mahsulotlar, qimmatli qogʻozlar va aholining mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq xizmatlar, teatr-kontsert tadbirlari reklamasida fonogrammadan foydalanish haqidagi maʼlumot reklamasi tartibi haqida alohida koʻrsatib oʻtilgan.

Asosiy mavzular