O‘zbekistonda ilk “Bitiruvchilar jamg‘armasi” tashkil etildi

© Foto: Sputnik / Tabildi Kadirbekov Vipusknik
Vipusknik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yuksak salohiyatli konchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Navoiy davlat konchilik institutida yangi jamg‘arma – bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik.  Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yuksak salohiyatli konchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Navoiy davlat konchilik institutida yangi jamg‘arma – bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi. 

Mazkur jamg‘arma O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik  xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etildi va Jamg‘arma nizomi tasdiqlandi.

Torjestvennoe otkritie Odinsovskogo filiala MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
MGIMO Toshkent filiali hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘lari  iqtidorli, bilimli o‘quvchi va talabalarning o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlar xarid qilish, iqtidorli, bilimli talablarning o‘z ustida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qo‘llab- quvvatlash va rag‘batlantirish, talabalarning tumanlar, vilyaotlar , respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirokini ta’minlash,, kam ta’minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash kabi qator maqsadlarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

NKMK Bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori, senator, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulovning ta’kidlashicha, bugungi kunda oliygohda 300 dan ortiq professor o‘qituvchilar 3000 dan ziyod talabalarga ta’lim bermoqda. Yangi zamonaviy binoga ega bo‘lgan   institutga yaqinda  6 million AQSh dollariga zamonaviy laboratoriya jihozlari va 2 milliard so‘mlik  kompyuter jihozlari  olingan.

Yangiliklar lentasi
0