08:35 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
174 0 0

Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan 2019–2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

- muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi;

- Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi;

- Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi;

- davlat qoʻriqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy boʻgʻinli yagona tizimi ishlab chiqiladi;

- zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS–texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot maʼlumotlar bazasi ishga tushiriladi;

- har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi oʻsimliklar geobotanik tekshiruvdan oʻtkaziladi;

- bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi.

Asosiy mavzular