06:24 12 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli artistlari maoshi oshadi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik taqdirlash puli toʻlanadi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritildi.

Bu haqda Adliya vazirligi "Huquqiy axbrot" kanali xabar qildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli artistlari va badiiy xodimlariga:

- uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik taqdirlash puli;

- pensiyaga chiqishda – imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlar uchun eng kam oylik ish haqining 75 foizi (152 ming soʻm) miqdorida, artistlar va badiiy xodimlar uchun 50 foiz (101 ming 365 soʻm)  miqdorida oylik ustama toʻlanadi.

Asosiy mavzular