04:08 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Universitetskiy (raneye — Abramovskiy) bulvar v Samarkande

Samarqand aholisiga Bulvarni yangilash loyihasi maʼqul boʻlmadi

Facebook / Firuza Sharipova
Jamiyat
Havola olish
447 0 0

Samarqand hokimiyati shahar markazidagi Bulvarga velosiped yoʻlakchalari va trenajerlar qurishni taklif qildi.

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Samarqand shahar hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov tomonidan eʼlon qilingan Bulvarni yangilash loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda aholi tanqidi va koʻplab munozaralarga duch keldi.

Bunga javoban Rustam Qobilov blogerlarni 16 iyun kuni soat 17:00 da Universitet bulvariga uchrashuvga taklif qildi.

Hokimiyat Bulvarda birorta ham daraxt kesilmaydi, deb vaʼda berishiga qaramasdan, mahalliy aholi yangi loyiha bahonasida daraxtlar kesilishidan xavotirda. "Samarqand va Samarqandliklar"  guruhi aʼzosi Elena Baronina yozishiga koʻra, loyihada koʻrsatilgan velosiped yoʻlaklarini qurish uchun kamida bir qator daraxtlarni kesish kerak. 

Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы
Xokimiyat Samarkanda
Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы
“Velosiped yoʻlaklari qurish – bu albatta yaxshi ish, lekin allaqachon obod boʻlgan bulvar oʻrniga emas. Buning uchun Samarqandda yangilash va oobodonlashtirish kerak boʻlgan joylar juda koʻp”, - deb yozgan Viktor Drago ismli foydalanuvchi.

"Velodorojkani bulvarda kurish - kuzbuyamachilik. Prezident xam shu yerdan utadi, Samarkandga kelayotgan xamma mexmonlar xam albatta shu bulvardan utadi. Xokimiyat buni biladi. Shuning uchunam aynan shu yerda ish kursatmokchi xolos. Ular shu bilan boshka joyda velodorojkayam, sport ploshadkayam kurmaydi", - deb yozgan Farukh Samarkandi ismli foydalanuvchi. 

Jazirama saraton kunida hech qanday velosiped yoʻlagi ham, trenajerlar ham issiqdan saqlay olmasligini barcha yaxshi tushunadi albatta. Undan tashqari Toshkent markazidagi Amir Temur xiyobonining oldingi va hozirgi holati ham koʻpchilik uchun yaxshi “dars” boʻlgan. Bir vaqtlar yam yashil daraxtlar soyasi ostida boʻlgan Fargʻona shahri esa 80% daraxtlaridan mahrum boʻlgan.

Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы
Xokimiyat Samarkanda
Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы

Ayni damda samarqandliklar #nashBulvar xeshtegi ostida bulvarni va uning 100 yillik azim daraxtlarini himoya qiluvchi xabarlar qoldirmoqda.

Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы
Xokimiyat Samarkanda
Na glavnom bulvare Samarkanda poyavyatsya velodorojki i sportivnыe trenajerы

Maʼlumot uchun: Rossiyaning yirik shaharlarida velosiped yoʻlaklari va trenajerlar markaziy bulvarlarda va madaniy obʼyektlar yonida qurilmagan. Ular hududiy kichik parklar ichida va koʻp qavatli uylar orasidagi bolalar va sport maydonchalarida qurilgan. 

Bir tasavvur qilib koʻring: Siz kostyum shimda rafiqangiz bilan teatrdan yoki restorandan chiqib bulvardan piyoda sayr qilayapsiz. U yerda esa "kachoklar" maykachang terga botib tosh koʻtarayapti... Gʻalati-a? 

Asosiy mavzular