Jizzax viloyati Forish tumanida sement zavodi quriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati Forish tumanida yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi quriladi.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan Jizzax viloyati Forish tumanida 2019-2020 yillarda qiymati 4 million AQSh dollari bo‘lgan, yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi belgilandi.

V Djizakskoy oblasti v ramkax realizatsii proyekta Blagoustroyennoe selo snosat starie doma - Sputnik O‘zbekiston
Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida ta’sischilari “Phoenix Consulting GmbH” (GFR) va “Medianet in H.M.Hermsen” (GFR) bo‘lgan “UTD-Holding” MChJ tomonidan MChJ shaklidagi “UTD Cement” korxonasi tashkil etildi.

Qaror bilan mazkur loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlari ham tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0