13:00 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Meditsinskiy rabotnik proizvodit ekspress-analiz krovi

Qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik taʼsir koʻrsatadi?

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Jamiyat
Havola olish
152310

Qon guruhi inson yutuqlari, uning tabiati va umuman farovon hayot kechirishiga qanchalik taʼsir koʻrsata olishi mumkinligi maʼlum qilindi.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Qon guruhi inson tabiati va farovon hayot kechirishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Yaponiyalik olimlar  koʻp yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasidan soʻng shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon Today News nashriga asoslanib xabar qildi.

Tadqiqotchilar qon guruhi inson yutuqlari, uning tabiati va umuman farovon hayot kechirishiga qanchalik taʼsir koʻrsata olishi mumkinligi borasida izlanishlar olib borishdi. Maʼlum qilinishicha, birinchi qon guruhi vakillari rahbarlik qilish xislatlariga ega. Ular aniq bir maqsad sari intiluvchan va oʻziga ishongan kishilardir. Shu bilan birga, qonning yomon quyulishi tufayli kasalikka oson taslim boʻladilar.

Ikkinchi qon guruhi vakillari haqida toʻxtaladigan boʻlsak, ular tirishqoq va sabrli kishilardir. Ularning bu xislatlari boylik orttirish bobida koʻzlagan maqsadlariga erishishlariga koʻmaklashadi. Ikkinchi qon guruhi vakillari osonlik bilan bezgak kasalligini yuqtirib olishlari mumkin. Bundan tashqari, ular kamgap, uzoq muddat davomida sayr qilishni xush koʻrishmaydiganlar toifasidan.

Qayd etilishicha, uchinchi va toʻrtinchi qon guruhi vakillarining pul ishlab topish borasida omadlari unchalik chopmagan. Chunki ular odatda hayotlarini ijod qilishga bagʻishlashgan va ularni moddiy boylik qiziqtirmaydi.

Qayd etish joizki, ayrim mamlakatlarda tanishishda, ish yoki sherik izlashda aynan qon guruhi soʻraladi. Masalan, Yaponiyada odatda boʻsh oʻrin (vakansiya) haqidagi eʼlonlarda qaysi qon guruhiga mansub odam kerakligi albatta koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, tanishuv saytlarida tanishmoqchi boʻlgan odamning qaysi qon guruhiga mansub boʻlishi kerakligi oldindan tilga olinadi.

Asosiy mavzular