02:11 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Dvijeniye na ulitse goroda Navoi v Uzbekistane

Navoiy viloyatida Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etiladi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
269 0 0

Navoiy viloyati tarkibida viloyatga boʻysunuvchi Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. “Navoiy viloyati tarkibida Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Prezident qarori loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Qaror loyihasida aytilishicha, Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shahri va Nurota tumanining chegaralari oʻzgarishi hamda Gʻozgʻon shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati boʻysunuvidagi Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etiladi.

Loyihaga Gʻozgʻon shahar hokimligini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha respublika komissiyasi tartibi hamda yangi hokimlik boʻlinmalarining roʻyxati hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ilova qilingan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan viloyatga boʻysunuvchi Gʻozgʻon shaharlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Loyihani 4 iyulgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular