19:25 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Logotip agentstva Fitch Ratings

Nufuzli xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings Toshkentga "BB-" maqomini berdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Jamiyat
Havola olish
143 0 0

Toshkent shahriga ilk bor kredit reyting darajasi berildi.

TOSHKENT, 19 iyun -Sputnik. Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings  Toshkent shahrining uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi kredit reytinglari darajasida "BB-" prognozli "Barqaror" maqomini tasdiqladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

“Taʼkidlash joiz, bu poytaxtimizning mazkur yoʻnalishdagi ilk xalqaro eʼtirofidir”, - deyiladi xabarda.

Rossiya federatsiyasi, MDH va Qoradengiz mintaqasi boʻyicha "Fitch Rating" agentligining mintaqaviy rahbari Dmitriy Surkov tomonidan Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayevga barqaror progonozli  “BB-” suveren kredit reytingini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

Surkovning soʻzlariga koʻra, ushbu xalqaro darajadagi eʼtirof Toshkentning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi, poytaxt iqtisodiyoti xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.

Asosiy mavzular