05:03 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov

XTV: Maktablarga yordam berish - umummilliy harakatga aylansin  

Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
177 0 0

Maktablarda byudjetdan tashqari pul topish va ushbu mablagʻlarda maktab oʻz ixtiyori bilan foydalanish imkonini yaratish kerak – Xalq taʼlimi vaziri.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Maktablarda byudjetdan tashqari manbaalardan pul topish yoʻllarini koʻpaytirish kerak, dedi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, matbuot anjumanida, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Bugungi kunda maktablar byudjeti asosan davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar hamda turli homiylik yordamlaridan kelib tushadigan mablagʻlar bilan toʻldiriladi. Oldin ushbu borada oldin maktab direktorlarining qoʻli bogʻlangan edi. Hozir esa kelib tushgan mablagʻlarni imkon boricha xodimlarani ragʻbatlantirishga ishlatamiz.

Maktablarda imkon boricha bitiruvchilar, xomiylar va boshqa yoʻllar bilan byudjetdan tashqari pul topish yoʻlini yaratish kerak. Maktablarga yordam berish - umummilliy harakatga aylansin , dedi vazir.

Misol tariqasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 224 maktabni bitirib ketgan oʻquvchilari maktabni butunlay qayta qurib berayotgani keltirib oʻtildi. Vazir soʻzlariga koʻra qayta qurish uchun 10 milliarddan ortiq mablagʻ sarflangan. 

Vazir aytishiga qargandan, Maktablarga yordam berish mavzusi soʻnggi bir yil ichida juda katta trendga aylangan, jumladan jurnalistlar yordami bilan ham. 

Asosiy mavzular