Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning pasport olishlari oson bo‘ladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSentr sotsialnogo obslujivaniya
Sentr sotsialnogo obslujivaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular ma’muriy javobgarlikdan va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplashdan ozod etiladi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplashdan ozod etiladi. Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Mazkur Nizomga muvofiq, muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi migratsiya va fuqarolarni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan aniqlanadi.

Bunday shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.

Jiteli priyuta dlya bezdomnix v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik "bomjlar": boshpanasiz shaxslar poytaxtda qanday hayot kechirmoqda?

MvaFRB mas’ul xodimi murojaat qilgan shaxs haqidagi belgilangan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, uning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqaradi.

Fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘ygan va doimiy propiskasiz, muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitatsiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va O‘zbekistonning fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.

Shuningdek ushbu hujjatga ko‘ra, MvaFRB uch sutka ichida tuman (shahar) ma’muriy sudiga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma bilan murojaaat qiladi.

Taqdimnoma ma’muriy sud tomonidan qanoatlantirilganda shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi.

Mazkur buyruq rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0