18:06 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov

Har bir bola oʻz mikrohududiga biriktirilishi kerak – Xalq taʼlimi vazirligi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
41610

Mikrohududda yashovchi aholi vakillari hech qanday muammosiz oʻz farzandlarini maktabga joylash imkoniyatiga ega boʻladi.

TOSHKENT, 19 iyun – Sputnik. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” mavzusida brifing oʻtkazildi.

Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Brifingda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov yangi qabul qilingan qarorning maqsadi haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Birinchi masala Toshkent shahrida 309 ta maktab boʻladigan boʻlsa, maktablar orasida oʻqituvchilar  turli xil joylashgan. Shu 309 ta maktabdan 81 ta maktabda, bu 26 foiz Toshkent shahridagi 43 foiz oʻquvchisi oʻqimoqda. Bu maktablarda deyarli uch smenada, bir sinfda 50-60 bola oʻqimoqda”, - dedi Shermatov.  

Vazir aholi tomonidan juda koʻp eʼtirozlar bildiriladigan masalalar haqida aytib oʻtdi.

“Shu maktablar atrofida yashaydigan aholi bizga murojaat qiladi - mening oldimda maktab bor, lekin men bu maktabga bolamni bera olmayman. Umuman begona, boshqa oila kelib bolasini beradi. Bu qanday adolatsizlik. Buni tahlil qiladigan boʻlsak, hozir minglab bolalar atrofidagi maktabiga kira olmagan”, - deb taʼkidladi vazir.  

Shermatovning soʻzlariga koʻra, yangi qarorning maqsadi - aholi farzandini oʻz mikrohududida maktabga hech qanday muammosiz, tekinga joylashtirish huquqni berish.

“Ota-onalar koʻpincha tushunmasdan turib, majburlab maktab tilini bilmaydigan bolalarni shu maktabga joylashtirishga harakat qiladi. Bu boʻyicha juda koʻp oʻqituvchilar va direktorlardan  eʼtirozlarni eshitdim. Til oʻrganish boshqa, lekin boshqa bilmaydigan tilda fanni oʻrganish boshqa masala. Shuning uchun, rus tiliga boʻlgan qiziqish boʻladigan boʻlsa, davlat tilida olib boriladigan maktablarda rus tilini oʻqitish sifatini oshirishimiz kerak. Rossiyalik hamkorlar bilan kelishganmiz, bu boʻyicha ish olib borilmoqda”, - dedi Shermatov.  

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 7 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, joriy yildan boshlab talab yuqori boʻlgan Toshkent shahridagi 81 ta maktabda qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Yangi qarorga koʻra, ushbu maktablarga bolalar asosiy va qoʻshimcha kvota asosida qabul qilinadi.

Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning (tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga toʻladigan) farzandlari, otasi yoki onasi birinchi guruh nogironi boʻlgan hamda yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonini inobatga olgan holda asosiy kvota shakllantiriladi.

Umumtaʼlim muassasasining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshdagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan (tegishli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoshga toʻladigan), shuningdek, umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berish tili boʻyicha boshlangʻich bilim (muloqot qilish) koʻnikmasiga ega boʻlmagan bolalar uchun qoʻshimcha kvota ajratiladi.

Asosiy mavzular