07:08 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Imon Karimova onasi nomidan murojaat eʼlon qildi

© Sputnik / Valeriy Levitin
Jamiyat
Havola olish
1333 0 0

Imon Karimova onasi nomidan qoldirgan xabarga koʻra, u Oʻzbekiston xalqidan kechirim soʻragan va 1,2 milliard dollar davlatga qaytargan.

TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Gulnora Karimovaning qizi Imon oʻz instagramida onasi nomidan xabar qoldirdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Xabarda aytilishiga koʻra, onasi Gulnora Karimova Oʻzbekiston xalqidan kechirim soʻragan va oʻziga tegishli boʻlgan 1,2 milliard mablagʻni davlatga qaytarib bergan.

“Bu soʻnggi 6 yil davomida mening birnchi murojaatim. Mening bugungi holatim uchun qaygʻurgan va duo qilgan barchaga minnatdorlik bildiraman <...> Ayni damda,Oʻzbekiston hududida menga tegishli umumiy qiymati 1,2 milliard dollar boʻlgan  aktivlar mening tasarrufimdan chiqarilgan va respublika byudjeti foydasiga ishlamoqda <...>”, - deyilgan murojaatda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining 2017 yil 28 iyul kuni eʼlon qilingan xabarida Gulnora Karimovaning Oʻzbekiston ichidagi emas, xorijiy davlatlardagi boyliklari haqida soʻz yuritilgan edi.

Unda aytilishiga koʻra, G. Karimova 2001 – 2013 yillarda Oʻzbekistondan 2 milliard dollarga yaqin mablagʻ oʻgʻirlagani va hozir ushbu boyliklar 13ta xorijiy mamlakatlarda turli koʻrinishlarda, asosan koʻchmas mulk shaklida saqlanayotgani aytib oʻtilgan edi. Xususan, Shveytsariyada 800 mln, Irlandiyada – 300 mln, BAAda 130 mln, Gonkongda 67, Frantsiyada – 61, Maltada – 49 mln va ho kazo.

Ushbu va boshqa jinoyatlari Uchun G. Karimovaga 10 ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi. Lekin keyinchalik maʼlum boʻlishicha, G. Karimovaga ushbu jazo oʻzi istagan xonadonda ozodlikni cheklash chorasi bilan almashtirilgan. Ammo 2019 yilning 5 mart kuni, kelishilgan tartibni buzgani va majburiyatlarini bajarmagani tufayli G.Karimova yana qamoqxonaga qaytarilgan edi.

Asosiy mavzular