15:23 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Podacha dokumentov v vuzы

Qoʻqonda davlat-xususiy sherikchilik asosida universitet ochiladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Jamiyat
Havola olish
15210

“Universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi mavjud taʼlim shakllari hamda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjatda.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Qoʻqon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida hukumat qarori umumiy muhokamaga qoʻyildi.

“Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Da Vinci” MCHJning  Qoʻqon shahrida davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi Qoʻqon universitetini  tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”, - deyilgan loyihada.

Universitet faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari:

Universitetda Oʻzbekiston oliy taʼlim dasturlari bilan birga dunyoning nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oliy taʼlim dasturlarini joriy etish;

respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash;

xorijning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;

oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;

taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;

Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.

taʼlim jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb etish;

professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan ularning malakaviy amaliyotini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;

universitetni zamonaviy laboratoriyalar, zamonaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.

Loyihada qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvarga qadar universitet barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan; universitetga jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar yagona ijtimoiy toʻlovni va jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni toʻlashdan; olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, kompyuter texnikasi, elektron doskalar, proyektorlar, multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, qurilish materiallari va inventar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Asosiy mavzular