02:49 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Avtobusы Yutong

Oʻzbekiston va Rossiyani beshta yangi avtobus yoʻnalishlari bogʻlaydi

Press-slujba Goskomturizma Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
471 0 0

Joriy yilda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Uzautotrans Service kompaniyasi 2019 yilda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirilmoqda.

“Yaqin kunlarda Uzautotrans Service  qoʻshni davlatlar hamda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirilmoqda”,  - deyiladi Davlat turizm qoʻmitasi xabarida.

Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus Co kompaniyasi 68 ta Yutong avtobusini yetkazib bergan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 martdagi 3584- sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Uzautotrans Service

MCHJ korxonasi tashkil etilgan boʻlib, korxona avtoparkini zamonaviy avtobuslar bilan taʼminlash maqsadida Xitoyning Yutong kompaniyasidan 168 ta avtobus sotib olishga doir kelishuv imzolangan.

Bugunga kelib ushbu avtobuslarning barchasi Oʻzbekistonga olib kelingan.

Ushbu avtobuslar 53 yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, ular uchun maksimal darajada qulaylik yaratilgan. Oʻrindiqlar yumshoq, har bir oʻrindiq tepasida havo deflektori va individual yoritish chiroqlari mavjud. Konditsioner va monitorlar safarlar chogʻida juda qoʻl keladi.

Asosiy mavzular