01:20 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Sbor xlopka v Uzbekistane

Ishsiz fuqarolar paxta yigʻim-terimiga ixtiyoriy ravishda jalb etiladi

© Flickr/ Chris Shervey
Jamiyat
Havola olish
49320

Sirdaryo viloyatida paxta yigʻim-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etiladigan mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarni dala markazlariga joylashtirish boʻyicha eksperimental loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni paxta yigʻim-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etish tizimini tashkillashtirish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Loyihada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasining Sirdaryo viloyatida paxta yigʻim-terim jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb etiladigan mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarni dala markazlariga joylashtirish boʻyicha eksperimental loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullash nazarda tutilgan.

“Dala markazlari mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarga, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari va xususiy bandlik agentliklari tomonidan Respublikaning turli hududlaridan munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish uchun Sirdaryo viloyatida paxtani yigʻib-terib olish jarayoni boʻyicha qishloq hoʻjaligi ishlarida ishtirok etish uchun tashkil etiladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjat loyihasiga Sirdaryo viloyati hududlarida ixtiyoriy ravishda paxta hosilini yigʻib-terib olishda qatnashadigan ishsiz fuqarolarni dala markazlari dislokatsiyasi ilova qilingan.

Qarorda yozilishicha, umumiy sigʻimi taxminan 36 ming kishiga moʻljallangan 90 ta dala markazlari tashkil etilib, har bir dala markazida quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi:

- yashash uchun sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlar: har biri 40 kishilik yashash uchun moʻljallangan 10 ta chodir, ikki qavatli yotoq oʻrni, koʻrpa-toʻshaklar, choyshablar, ventilyatsiya tizimi, isitish anjomlari bilan jihozlanadi;

- oshxona chodiri, 2 ta ovqatlanish chodirlari va stol-stullar, ovqat pishirish uchun qozonlar, samovarlar, muzlatkich, ichimlik suvi uchun idishlar, oshxona va maxsus idish-tovoqlar, oziq-ovqat yetkazib berish uchun maxsus termos idishlari;

- 40 ta yuvinish anjomlari oʻrnatilgan joy va 12 ta issiq suv bilan taʼminlangan dush kabinalari, 12 oʻrinli xojatxona, 10 ta chiqindi konteynerlari, doimiy ravishdagi suv taʼminoti;

- dala markazi hududida malakali tibbiy yordam koʻrsatish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish uchun tibbiy inventar va dori-darmonlar hamda preparatlar bilan jihozlangan tibbiy chodir;

- videoproyektor, badiiy adabiyotlar, turli xil stol oʻyinlari bilan jihozlangan madaniy-dam olish chodirlari;

- kunlik ehtiyojlar uchun zarur sanoat tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari sotishga moʻljallangan chodirlar.

2019 yil 10 iyulga qadar tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida 90 ta dala markazlari tashkil etish bayon etilgan.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, joriy yil avgust oyida tashkil etilgan dala markazlarida viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy qishloq, suv xoʻjaligi boshqarmalari, bandlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik uchun mehnat bilan band boʻlmagan fuqarolarni paxtani yigʻib-terib olish jarayoniga uyushgan holda jalb etish tizimini joriy etish masalalari boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish tashkil etish vazifasi yozilgan.

“Seminarlar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2019 yil 1 sentyabrga qadar respublikaning boshqa hududlarida ham dala markazlarini tashkil qilish tajribasini joriy qilish boʻyicha takliflar kiritilsin”, - deyilgan loyihada.

Hujjat loyihasi 10 iyulgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular