"Vazifangiz adolatni qaror toptirish": vazir Kamilov jurnalistlarga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kasbingizning asosiy mohiyati so‘z orqali jamoatchilik aloqalariga ta’sir o‘tkazish, adolatni qaror toptirishdir, deydi jurnalistlarga yo‘llagan tabrikda O‘zbekiston TIV rahbari

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Instagram orqali matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlarga tabrik yo‘lladi.

"Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklashga va fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi qaynoq ishtiyoqingiz uchun ulkan minnatdrochilik izhor etishga izn bergaysiz.

Murakkab va mas’uliyatli kasbingizning asosiy mohiyati so‘z orqali jamoatchilik aloqalariga ta’sir o‘tkazish imkoniyati, adolatni qaror toptirish, nafaqat insonlar, balki xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvga xizmat qilishdadir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklayman, aziz do‘stlar!"  deyiladi tabrik matnida.

Eslatib o‘tamiz, 1993-yil 3-sentabrdagi qonunga muvofiq, 27-iyun – O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0