17:36 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
696 0 0

Yangi tartibga koʻra, pensiya va nafaqalarni tayinlash uchun 4 ta hujjat taqdim etilishi bekor qilindi.

TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Fuqarolarga pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati xabar qildi.  

Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 17 mayda roʻyxatga olingan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya xujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari” toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan joylarda fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatilishida sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish xamda ularga qulayliklar yaratishni kuchaytirish maqsadida pensiya va nafaqalar tayinlashda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish boʻyicha quyidagi tartiblar bekor qilindi:

- fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya kitobchasi nusxasi taqdim qilinishi;

- fuqaroning mehnat daftarchasi nusxasini taqdim qilinishi;

- fuqaroning yashash joyi boʻyicha QFY, MFY, OFYlardan maʼlumotnomani taqdim qilinishi;

- vafot etgan fuqaroning oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomaning asli.

Asosiy mavzular