23:46 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Sokroviщa v kuvshine: na meste dorogi k Kerchenskomu mostu nashli klad

Toshkentda xazina topildi

© Ruptly .
Jamiyat
Havola olish
1713 0 0

Toshkentda topilgan xazina kimga tegishli, kim tomonidan va qanday topilgani va ushbu ishda DXX qanday rol oʻynagani xabarda aytib oʻtilmagan.

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. ​Toshkentda ulkan xazina topildi. Birgina ​kitobining oʻzi — 600 ming dollar!, - deb xabar qilmoqda OʻzA.

Xazina aniq qayerda va kim tomonidan topilgani xabarda aytilmagan, lekin  uning qiymati kattaligi  va uning tarkibida qimmatbaho kitob borligi aytib oʻtilgan.

“Qadimiy oltin tangalar, eng qadimiy manbalardan darak beruvchi sirli xaritalar, diniy qoʻlyozma va ikonalar kabi yuzga yaqin noyob tarixiy qiymati hali baholanmagan qimmatbaho ulkan xazina Toshkentdan topildi. Xorijliklar birgina tillo suvi yuritilgan kitobning oʻzini 600 ming dollarga sotishini soʻramoqda.”, - deyilgan xabarda.  

Xazina tarkibida  IX -XIX asrlar oraligʻida Turkiston hududida, shuningdek, XVIII va XX asr boshlarida Rossiya va Yevropaning bir nechta mamlakatlarida zarb etilgan oltin, kumush va mis tangalar kollektsiyalari bor.

V Tashkente nashli klad

Undan tashqari, xazinada Amir Olimxon davriga tegishli qoʻlyozmalaru, Yevropa va Osiyo mintaqalar tarixidan hikoya qiluvchi eng noyob manbalar saqlangan.

OʻzA xabarida aytilishiga koʻra, ushbu xazina bir qancha vaqt oldin topilgan, lekin baʼzi sabablarga koʻra u ommaga oshkor qilinmagan. Xazinani topish oson boʻlmagan, unda DXX ham ishtirok etgan.

Asosiy mavzular