04:04 02 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
948 0 0

Maydoni 18 ming gektarga teng boʻlgan "Yangi Toshkent" poytaxtni 60% ga kengaytiradi.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Toshkent shahar chegarasi kelajakda yana 18 ming gektar maydonga kengayishi mumkin. Bu haqida Toshkent hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari Davron Hidoyatov, Sputnik muxbiriga xabar qildi.

Hidoyatov aytishiga qaraganda, hozir Toshkent shahrining umumiy hududi 33 ming gektarni tashkil qiladi. Yangi qoʻshiladigan maydon shaharni yana 60%ga kengaytiradi.

Xabarda aytilishiga koʻra,  “Yangi Toshkent” poytaxtning Sharqiy tomonidan, Chirchiq daryosining chap qirgʻogʻi boʻylab joylashadi. Biroz oldin Britaniyaning Benoy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi shahar virtual loyihasi namoyish etilgan edi. Ayni damda xitoylik meʼmorlar taklifi ham ishlab chiqilmoqda.

“Yangi Toshkentda” maʼmuriy hudud, markaziy biznes hududi, savdo hududi va aeroport zonasi boʻladi. Yangi shaharda umumiy hisobda 2 millionga yaqin kishi yashashi mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular