16:16 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
591 0 0

Yoʻlovchilar sonini koʻpaytirish uchun Oʻzbekiston havo yoʻllari gibrid aviakompaniyaga aylanadi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. "Oʻzbekiston havo yullari" 2019 yil oxiriga qadar gibrid aviakompaniyaga aylanadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz milliy aviakompaniya vakiliga asosan.

Xabarda aytilishiga koʻra aviakompaniya ayrim yoʻnalishlarda ham biznes ham ekonom klass parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu bilan aviakompaniya imkon qadar koʻproq yoʻlovchilarni jalb qilishga muvaffaqboʻladi.

Aviakompaniya fikriga koʻra, mahalliy yoʻnalishlardan koʻp yoʻlovchilar Rossiyaga ishlash uchun yoʻl oladi. Ular uchun har bir dollar muhim, shuning uchun ushbu yoʻnalishlarda ekonom klass parvozlar tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻladi. Buning uchun aviakompaniya foydalanishda boʻlgan samolyotlar ham sotib olishi mumkin.

Aviakompaniya vakilining soʻzlariga koʻra, ular ushbu islohotlarni Jahon banki maslahatiga koʻra amalga oshirmoqda.

“Menimcha biz yil oxiriga qadar gibrid aviaparvozlarni yoʻlga qoʻyamiz. Yoʻlovchi uchun aviakompaniya qanday nomlanishining farqi yoʻq – loukostermi gibridmi, uning uchun asosiysi – bilet narxi”, - dedi aviakompaniya vakili.  

“Biz hech kimni bizning samolyotlar bilan uchishni majbur qilayotganimiz yoʻq. Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida bizning raqobatchilarimiz koʻp. Agar bizning narx 200 ularning narxi 100 dollar boʻlsa – bizga hech kim kelmaydi. Oldingi zamonlar oʻtib ketdi, hozir bizda maʼmuriy kuch yoʻq”, - dedi mutaxassis.

Aviakompaniya vakili aytishiga qaraganda, kelajakla Oʻzbekiston  va Rossiya yoʻnalishida juda kuchli raqobat boʻlishi kutilmoqda. Hozir ana shunday raqobat Rossiya  - Qozogʻiston yoʻnalishlarida kuzatilmoqda.

Asosiy mavzular