O‘zbekistonda bugundan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yil 1-iyuldan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda  2019-yil 1-iyuldan OTM o‘qituvchilari maoshi oshadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali eslatma bilan chiqdi.

Avval xabar qilinganidek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari oshirilgan miqdorlarda to‘lanadi.

Birinchi iyuldan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Professor unvoniga ega bo‘lmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan shaxslarga bazaviy lavozim maoshi quyidagi miqdorda belgilanadi:

2018 yil 1-sentabrdan boshlab — 3 130 000 so‘m; 2019-yil 1-yanvardan boshlab — 3 756 000 so‘m; 2019-yil 1-iyuldan boshlab — 4 695 000 so‘m.

Yangiliklar lentasi
0