16:10 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
26910

Endilikda jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi boʻlmaydi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda pensiya daftarchalari endi elektron koʻrinishda boʻladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, endilikda jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi boʻlmaydi. Shaxsiy pensiya hisobida toʻplangan mablagʻlar holati toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni onlayn rejimida olish imkoni mavjud.

Buning uchun quyidagi havola orqali oʻtish lozim:

http://cabinet.xb.uz:82/

Keyin pasport maʼlumotlarini va telefon raqamini kiritish kerak.

Xabarda pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari holati haqida maʼlumot tayyor ekanligi qoʻshimcha qilingan.

Oʻzbekistonda 2019 yildan boshlab qogʻoz koʻrinishidagi mehnat daftarchalari oʻrniga “elektron mehnat daftarchalar” joriy qilinishi prezidentning 2017 yildagi farmonida koʻzda tutilgan edi.

Asosiy mavzular