23:42 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

AES qurilishining ikkinchi bosqichi boshlandi

Uzatom
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (27)
37810

Jizzax viloyatida AES qurilishi uchun tanlangan maydonda muhandislik – oʻrganish ishlari boshlandi.  

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Jizzax viloyatida 29 iyun kuni Atom elektr stantsiyasi qurilishining ikkinchi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Oʻzatom” agentligi.

Tuzkon koʻli yaqinida tanlangan maydonda AES qurilishi uchun muhandislik – oʻrganish ishlari boshlan

Ushbu munosabat bilan “Oʻzatom”da “Rosatom”, “Atomstroyeksport”,  O’zGASHK­LITI – davlat  muhandislik – oʻrganish instituti hamda mutaxassislari, Forish tumani hamda OAV vakillari bilan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzatom” dastlabki bosqichda Oʻzbekiston hududida AES qurilishi uchun Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasida 4ta maydon hamda Jizzax viloyatida 3ta maydon tanlagan edi. Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlardan soʻng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hudud tanlangan va aynan ushbu maydonda muhandislik – oʻrganish ishlari boshlab yuborilgan.

AES qurilishining ikkinchi bosqichida geofizik va seysmologik izlanishlar oʻtkaziladi. Ular asosida AESning texnik loyihasini tuzish ishlari olib boriladi. Jarayon Oʻzbekiston Respublikasining taaluqli vazirliklari nazorati ostida boʻladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (27)

Asosiy mavzular