12:17 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Tashkentskiye dorogi ne vыderjali prolivnogo dojdya

Yomgʻir va kuchli shamol: Oʻzbekistonga salqin ob-havo keladi

© Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
151910

Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Gidrometeorologiya markazi 1-2 iyul kunlari uchun  ob-havo bashoratini maʼlum qildi.

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 40-42 daraja boʻladi. 

QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI

Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 33-38 daraja, baʼzi joylarda 40 darajagacha boʻladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi. 

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja, baʼzi joylarda 44-45 daraja gacha boʻladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi. 

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Asosiy mavzular