O‘zbekistonda mahkumlar qator huquqlarga ega bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti
Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, mehnatiga haq olish shular jumlasidandir.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Mahkumlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida bilim oladi

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahkumlarga quyidagi huquqlar berildi:

- ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda mashqlar bilan shug‘ullanish;

- psixologik yordam olish;

- xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, mehnatiga haq olish.

Endilikda mahkum og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek, shifokorning ko‘rsatmasi bilan qo‘shimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.

Mahkumlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davriyligi aniqlashtirildi hamda mahkumlarning har 6 oyda kamida bir marta, shuningdek ularning murojaatiga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerakligi belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0