Toshkent hokimiyati kuchli shamol bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

© VODITELI TAShKENTAV Tashkente silneyshiy veter: voditeli boyatsya za svoi avto - foto
V Tashkente silneyshiy veter: voditeli boyatsya za svoi avto - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kunning ikkinchi yarmida Sharqdan esadigan shamol tezligi 15-20 m/s, kuchayganida 17-22 m/sgacha yetishi mumkin.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati kuchli shamol bo‘lishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Poytaxt hokimiyati xabarida aytilishicha, 2-iyul kuni Toshkentda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja issiq, kechasi +21...+23 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida Sharqdan esadigan shamol tezligi 15-20 m/s, kuchayganida 17-22 m/sgacha yetishi mumkin.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar va katta hajmdagi reklama banerlari ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0