16:56 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare

Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Jamiyat
Havola olish
464 0 0

“Majburiy tibbiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” qonun loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi “Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida” qonun loyihasi tayyorlandi.

Oʻzbekiston prezidenti tomonidan 2021 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi berilgan.

Qonun loyihasiga majburiy tibbiy sugʻurtaning huquqiy asoslari, mexanizmlari va tatbiq etish bosqichlari, majburiy tibbiy sugʻurtalash subʼyektlari, ushbu sohada huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari, majburiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni shakllashtirish masalalari inobatga olingan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini tayyolash jarayonida 14 ta davlat (Singapur, Koreya, Yaponiya, Frantsiya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya, Latviya, Isroil, Turkiya, Qozogʻiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston) tajribasi oʻrganildi. 

Hujjatni tayyorlashga mahalliy va xorijiy, shu jumladan Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ekspertlari jalb qilindi.

Asosiy mavzular