22:39 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
643 0 0

Moskvada migrantlarni qalbaki registratsiya qilish orqali 10 million rubl daromad olgan firibgarlar guruhi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Moskvada migrantlar uchun qalbaki registratsiya tayyorlash bilan shugʻullanayotgan 12 kishi qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volk.

Uning soʻzlariga koʻra, firibgarlar soxta internet saytlar orqali migratsiya markazi xodimlari nomidan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilishgan. 

“Qalbaki bildirish blankalari yordamida xorijiy fuqarolarning kirib kelganini roʻyxatga olib, pul evaziga ularga migratsiya hisobotga qoʻyilgani haqida soxta hujjatlar (registratsiya) berishgan”, - dedi Irina Volk.

Maʼlum boʻlishicha, jinoyatchilar kuniga 150 ming rublgacha, bir yilda ular 10 million rublgacha daromad olishgan.

Moskva shahar politsiyasi ushbu jinoyatla gumon qilinayotgan fuqarolarning turar joylari va ofislarida tintuv oʻtkazib 3 millionga yaqin pul, 30 ta bank kartalari, qalbaki muhr va shtamplar, 50ta mobil telefon topishgan.

Ayni damda ushbu guruhni tashkil qilgan 2 kishi va guruhning 5 nafar faol aʼzosi qoʻlga olingan. Ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159 moddasi (Firibgarlik) boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. Yana besh nafar jinoyatchi Rossiya hududini tark etmaslish sharti bilan qoʻyib yuborilgan.

Migratsiya qonunchiligi qattiqqoʻllashtirili munosabati bilan, Rossiyada migrantlarni ommaviy roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotlar mutlaq yoʻq boʻlib ketmoqda. Shu sababli qonuniy ravishda roʻyxatdan oʻtishga imkoni boʻlmagan mehnat migrantlari registratsiya qilishning boshqa yoʻllarini axtarib, firibgarlar “qarmogʻigʻa ilinmoqda”.

Rossiyaga yangi kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari shuni unutmasliklari kerak-ki, bugungi kunda registratsiya faqat tuman politsiyasining migratsiya boʻlimlarida yoki “Moi dokumentы” hujjatlar rasmiylashtirish markazlarida yoki “Rossiya pochtasi” boʻlimlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Boshqa hech qanday tashkilot qonuniy registratsiya rasmiylashtira olmaydi.

Bilib yoki bilmagan holda qalbaki registratsiya rasmiylashtirgan xorijiy fuqarolar qonun buzuvchi hisoblanadi. Ularga nisbatan qonuniy choralar qoʻllanilishi mumkin. Ikkinchidan ular  Rossiya hududini tark etishga majbur boʻladi. Ayrim hollarda ularning qayta kirishi uchun taʼqiq ham qoʻyilishi mumkin.

Asosiy mavzular