04:51 02 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
555 0 0

GM Uzbekistan nomi UZAUTO MOTORS deb oʻzgartirildi, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar nima deb ataladi?

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Ushbu yilning 1 iyulidan boshlab GM Uzbekistan kompaniyasing UZAUTO MOTORS deb oʻzgartirildi, deb xabar qilmoqda Korporativ maʼlumotlar yagona portali.

GM Uzbekistan toʻliq Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtishi mumkinligi haqidaga dastlabki xabarlar 2019 yilning fevral oyida paydo boʻlgan edi. “Oʻzavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati “General Motors” ulushini sotib olishi mumkinligini va kompaniya toʻliq Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtishini xabar bergan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yangi tarixida yengil avtomobillar ishlab chiqarish sanoati ilk bor 1992 yilda paydo boʻlgan edi. Oʻshandan Janubiy Koreyaning Daewoo korporatsiyasi bilan hamkorlikda Andijonda UzDaewoo avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil qilgan edi. 1998 yilda Osiyo bozoridagi iqtisodiy inqiroz tufayli Daewoo korporatsiyasi oʻzining avtomobil ishlab chiqarish yoʻnalishini qisqartirishga majbur boʻldi.

Shundan soʻng 2007-2008 yillarda Oʻzavtosanoat AQShning General Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyib GM Uzbekistan tashkil qilingan edi. GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan avtomobillari Oʻzbekiston ichida Chevrolet xorijiy bozorlarda Ravon markasi ostida savdoga chiqarildi.

Asosiy mavzular