06:53 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, shaxsga doir maʼlumotlar jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.

Qonun bilan Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Shaxsga doir maʼlumotlar davlat boshqaruvi organlariga bepul beriladi. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

Jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun 2019 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Asosiy mavzular