13:20 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Lopata

XTV Kosonsoyda oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarni oʻrganmoqda

Sputnik / Yegor Yeremov
Jamiyat
Havola olish
93 0 0

Avvalroq oʻzbek OAVda Kosonsoy tumanida bir guruh oʻqituvchilar beton quyish ishlariga majburiy jalb etilgani haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab oʻqituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni oʻrganmoqda. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar berdi.

“Vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni oʻrganib chiqadi va Oʻzbekiston qonunchiligi doirasida ushbu vaziyatga yoʻl qoʻyganlarga chora koʻradi”, - deyiladi vazirlikning rasmiy axborotida.

Avvalroq  oʻzbek OAVda Kosonsoy tumanida bir guruh oʻqituvchilar beton quyish ishlariga majburiy jalb etilgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etgan direktor jarimaga tortilgani xabar qilingan edi.

Xalq taʼlimi vazirligi oʻqituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. Oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli toʻlovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Asosiy mavzular