23:12 08 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Fara Audi Q7

Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima – qonun loyihasi

autocentrum.ru
Jamiyat
Havola olish
68311

Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima belgilashga doir hujjat tayyorlandi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida” qonun loyihasini tayyorlanib, umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Qonun loyihasida MJTK 128-moddasining birinchi qismi “tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi” degan soʻzlardan keyin “(ushbu Kodeksning 1287-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirish nazarda tutilgan.

Loyihada 1287-modda bilan toʻldirish taklif etilgan:

“1287-modda. Transport vositalari haydovchilarining kunning
yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki
kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi

Transport vositalari haydovchilarining kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish qoidalarini buzishi, –

eng kam ish haqining toʻrtdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.

Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini bu qonunga muvofiqlashtish, davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishi va bekor qilishi, shuningdek qonun mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishi haqida vazifalar yozilgan.

Qonun loyihasi 18 iyulgacha muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish boʻyicha talab hukumat qarori bilan ikki yilga uzaytirilgandi. Qarorga koʻra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi toʻgʻrisidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorugʻ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar oʻrnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari boʻlmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Asosiy mavzular