12:11 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Portfel s dokumentami

Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
508 0 0

Bosh prokuraturaning Ichki xavfsizlikni taʼminlash, Kadrlar, Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmalari boshliqlari tayinlandi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Nodirbek Nuʼmanovich Boytemirov Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Nodirbek Boytemirov 1973 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Fargʻona shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni taʼminlash inspektsiyasi boshligʻi, Xorazm viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni boʻlim mudiri lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Sodiqjon Raximovich Nazarov Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sodiqjon Nazarov 1961 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish oʻrganuvchi sifatida boshlab, Sharof Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi prokurori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Shavkatjon Joʻrayevich Rahimov Bosh prokuratura Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Shavkatjon Rahimov 1968 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish oʻrganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Toʻraqoʻrgʻon tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida boʻlim boshligʻi, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Sodikjon Alijonovich Berdialiyev  Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Sodiqjon Berdialiyev 1976 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000 yilda Andijon shahar prokuraturasi ish oʻrganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining oʻrinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Asosiy mavzular