02:46 09 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

“Namunali koʻcha” loyihasi doirasida mahallalardagi kichik va tor koʻchalar taʼmirlanmoqda.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Salom koʻchasi bir oyga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Podshobogʻ” mahallasi Salom koʻchasi “Namunali koʻcha” loyihasi dasturiga kiritilgan.

Hozirda ushbu koʻchada taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Salom koʻchasi transportlar harakati uchun iyul oy soʻnggiga qadar yopiladi.

Shahar hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Asosiy mavzular