06:39 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Moloko. Illyustrativnoye foto.

Sut qanday jiddiy kasalliklardan himoya qiladi - tadqiqot

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
134020

Ispaniya olimlari sut jiddiy kasalliklar oldini olishda muhim rol oʻynashini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Granada va Madrid universiteti olimlari sut va undan tayyorlangan mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qilish baʼzi jiddiy kasalliklarni rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi.

RIA Novosti yozishicha, mutaxassislar sutning foydali xususiyatlari haqida 14 ta ishni tahlil qilishdi.

Yogʻsiz sut mahsulotlarni isteʼmol qilish, masalan, yogurt, metabolik sindrom, ikkinchi qand kasalligi, kolorektal saraton va qovuq saratoni rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Tadqiqot davomida sut osteoportik suyak yoki tos suyagi sinishidan himoya qilmasligi,  biroq umurtqani mustahkamlashi maʼlum boʻldi.  

Ispaniya olimlari xulosalari boʻyicha “Rimmarita” tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlar nomzodi Rimma Moysenko izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, laktozani hazm qila olmaydigan odamlar toifasi bor, biroq ularga kazein toʻgʻri keladi.   

“Bu toifadagi odamlarga laktozasiz sut mahsulotlari - tvorog, yogurt, qatiq (kefir) isteʼmol qilish mumkin”, - dedi Moysenko.  

Shifokor qaysi kasalliklarda bu mahsulotlarni isteʼmol qilish mumkinligini sanab oʻtdi.

“Qatiq ichakni yaxshilaydi, ateroskleroz, insult va infark kasalligiga moil boʻlgan odamlarga toʻgʻri keladi. Qatiqda suyaklarni yaxshilashga xizmat qiladigan kaltsiy moddasi bor”, - deb taʼkidladi shifokor.

Agarda odamga bu mahsulotlar toʻgʻri kelmasa, suyaklardan kaltsiy moddasi yuvilishiga olib keladi.

“Bu holatda sut va sut mahsulotlarni isteʼmol qilishni toʻxtatib, kaltsiyni boshqa mahsulotlardan olish kerak”, - deydi Moysenko.

Biroq, rossiyalik shifokor olimlarning faqat tarkibida yogʻ kam boʻlgan sut mahsulotlari kasalliklarni oldini olishi mumkinligi haqida xulosa bilan rozi emas.

“Sutda yogʻlilik oʻrta darajada - 2,5 foiz, tvorog– 5 dan 9 foiz boʻlishi kerak, shunda kaltsiy hazm boʻladi. Shunda bu mahsulotlarning foydali tomoni haqida gapirish mumkin”, - deb taʼkidladi shifokor.

Asosiy mavzular