08:19 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Proyekt zdaniya  MDTS Tashkent Siti

Tashkent City᾽da qurilayotgan MOdagi eng baland bino qanchalik mustahkam boʻladi?

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
799 0 0

Tashkent city᾽da qurilishi boshlangan va Markaziy Osiyodagi eng baland bino boʻlishi kutilayotgan inshoot 50 qavatdan iborat boʻlib, balandligi 215 metrni tashkil etadi. Bino poydevoriga Eyfel minorasiga sarflangan temir miqdori ishlatiladi.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Tashkent City hududidagi 4-lotda qurilishi boshlagan va Markaziy Osiyodagi eng baland bino boʻlishi kutilayotgan bino juda mustahkam boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Murad Buildings kompaniyasi rahbari Murad Nazarovning soʻzlariga koʻra, binoning mustahkam va zilzilaga dosh berishiga toʻgʻrisidagi masalalarga alohida eʼtibor berilgan va bu asosiy loyihaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olingan.

“Tashkent city᾽ hududidagi 4-lotda amalga oshirilayotgan qurilish poydevorlariga Eyfel minorasiga sarflangan yoki 7,5 ming kilometrni tashkil qiluvchi temir ishlatiladi. Bu Turkiyaga borib, qaytib kelishdan ham uzunroq degani. Bu oʻziga yarasha jiddiy loyiha”, - dedi Murad Nazarov.

Bundan tashqari, poydevor mustahkam boʻlishi uchun 700 markali beton ishlatiladi.

Uning maʼlum qilishicha, qurilishi boshlangan obʼyektning poydevori 20 metr chuqurlikda, yaʼni 4 qavat pastda quyiladi. Joriy yilning kuz oyiga qadar osmonoʻpar binoning poydevori quyilishi rejalashtirilgan.

“Taxminan noyabr oyidan binoni qavatma-qavat koʻtara boshlaganimizda hamyurtlarimiz shuni guvohi boʻlishadiki, har 2 va 3 kunda binoning bir qavati koʻtariladi”, - dedi Murad Buildings kompaniyasi rahbari.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval Tashkent City᾽da Markaziy Osiyodagi eng baland bino qurilishi boshlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular