Qirg‘iziston dunyoda birinchi bo‘lib fuqarosizlik masalasiga nuqta qo‘ydi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki
Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Fuqarolik yo‘qligi holatlari aniqlangan va bu masala muvaffaqiyatli yechim topgan Qirg‘iziston dunyoga ajoyib namuna ko‘rsatdi, o‘ylaymanki, bu masalaga boshqalar ham e’tibor qaratadilar", - deb aytgan BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Qirg‘iziston fuqarolik yo‘qligi masalasida haqiqiy tub burilishni amalga oshirdi va dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun namuna ko‘rsatdi: besh yil ichida fuqarolikka ega bo‘lmagan odamlar soni 13 ming nafardan nolgacha qisqardi. Bu haqda BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi xabar bermoqda.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaroligi bo‘lmagan 100dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

To‘rtinchi iyul kuni Bishkekda tantanali ravishda fuqarolikka ega bo‘lmagan 50 kishiga, shu jumladan 15 nafar bolalarga pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi va ular Qirg‘iziston fuqarosiga aylandilar.

Ular fuqarolik olish istagidan bo‘lganlar navbatining oxirida edi va endi ushbu mamlakatda fuqarolikka ega bo‘lmagan odamlar qolmadi.

Sovet Ittifoqi barham topgach, Markaziy Osiyodagi yuz minglab odamlar hech bir mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lmagan holatda qoldilar. 2014-yilda ishga tushirilgan #IBelong aksiyasiga binoan Qirg‘iziston hukumati tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan 13 700 kishi, shu jumladan 2 ming nafar bolalarni aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan. #IBelong kampaniyasi 2024-yilga kelib dunyo bo‘yicha fuqarolik yo‘qligi masalasiga nuqta qo‘yishga qaratilgan.

"Fuqarolik yo‘qligi holatlari aniqlangan va bu masala muvaffaqiyatli yechim topgan Qirg‘iziston dunyoga ajoyib namuna ko‘rsatdi, o‘ylaymanki, bu masalaga boshqalar ham e’tibor qaratadilar", - deb aytgan BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolik bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Dunyoda biror bir davlat fuqarosi bo‘lmagan yoki birorta davlat fuqaroligini qabul qilmagan 10 millionga yaqin inson mavjud. Ularning 500 ming nafari Yevropa davlatlarida istiqomat qiladi. Oddiy huquqlardan mahrum bolalar ham shular qatorida.

Fuqarolikka, demakki hujjatlarga ega bo‘lmagan bolalar ta’lim olish va tibbiy ko‘mak olish uchun murojaat etish imkoniga ega emaslar. Ular erkin harakatlana olmaydi va ko‘pincha diskriminatsiyaga ro‘baro bo‘ladilar.

2010 yilda Yevropa davlatlarida boshpana so‘rab murojaat qilgan bolalar soni keskin ko‘payishi oqibatida fuqarolikka ega bo‘lmagan bolalar soni ham ortdi. 2017-yilda 2100 nafar shunday maqomdagi bolalar ro‘yxatga olingan, bu esa 2014-yilda qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarma tomonidan kampaniya ishga tushirilgan paytdagidan to‘rt barobar ko‘pdir. Qochqinlar masalasi bo‘yicha boshqarmada 1954-yildagi apatridlar maqomi to‘g‘risidagi va 1961-yildagi fuqarosizlikni qisqartirish konvensiyalarining muhimligi haqida eslatib qoladi.

Yangiliklar lentasi
0