08:23 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

“Lukoyl” Oʻzbekistonda uchta MTT quradi

Ministerstvo doshkolnogo obrazovaniya RUz
Jamiyat
Havola olish
425 0 0

Hujjatda Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida bir qator yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi va "LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani" oʻrtasida juma kuni Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida uchta yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish boʻyicha bitim imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga MTV matbuot xizmati.

Yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari Buxoroda 250, Qarshida 150 va Toshkent viloyatida 150 oʻrinlarga moʻljallangan boʻladi.

Qarshi shahri va Toshkent viloyatidagi loyihalar uchun Nukusdagi "Imkon" reabilitatsiya markaziga ega IMTT prototip boʻlib xizmat qiladi. Yangi MTTda zamonaviy davolash-fizkultura va fizioterapiya zallari,  uqalash xonalari, sensor xonalari, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy adaptatsiya, musiqa va art-terapiya xonalari, shuningdek vrachlarning kabinetlari joylashadi.

Buxorodagi MTT umumiy turdagi tashkilot, boshqa ikkitalar MTT esa — reabilitatsiya markazlariga ega boʻlgan koʻp tarmoqli ixtisoslashgan tashkilotlar boʻladi. Bu reabilitatsiya markazlari tarbiyalanuvchilardan tashqari har yili sogʻlomlashtirish muolajalariga muhtoj boʻlgan 5-7 ming bolani qabul qiladi.

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish tashabbusi  "LUKOYL" OAJ prezidenti Vagit Alekperov tomonidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov bilan joriy yilning may oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvda taklif etilgan.

"LUKOYL" Oʻzbekistonda taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va madaniyatni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan faol xayriya faoliyatini olib boradi. Kompaniya tomonidan mamlakatda xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarning umumiy summasi 13 mln. dollardan ortiqni tashkil etadi. Yangi uchta maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi loyihasiga kompaniya 12 mln. AQSH dollari yoʻnaltirishni rejalashtirilgan. Buxoro shahridagi MTT "Lukoyl" tomonidan maxsus ishlab chiqilgan loyiha boʻyicha quriladi.

Asosiy mavzular