Maktablarda yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlanadi – XTV

Obuna bo‘lish
2024-2025 o‘quv yiliga qadar yagona maktab formasini sotib olish va kiyib yurish ixtiyoriy.

TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Direktorlar tomonidan yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlanadi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

“Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi. Maktab formalari savdosi maxsus savdo shaxobchalari orqali tashkil etiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 18-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yagona maktab formasini 2019/2020 o‘quv yilidan joriy etish kechiktirilgan edi. 666-sonli qarorga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, yagona maktab formasi 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi. Ushbu vaqtga qadar yagona maktab formasini kiyish ixtiyoriy bo‘ladi.

Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek ayni damda O‘zbekistonda yagona maktab formasi ishlab chiqarayotgan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining korxonalar ro‘yxatini ham keltirib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0